Mirziyoyev Eronga boradi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan joriy yilning 18 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Tehronda Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ushbu mamlakat yirik ilm-fan va ishlab chiqarish muassasalarining mahsulotlari namoyish etiladigan “Eronning innovasiyalar va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari” nomli ko‘rgazmaga boradi.

Tashrif doirasida har tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident shu yilning 7-9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing