Mirziyoyev Eron Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yetkazishni so‘ragan, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Erondagi musson yomg‘irlari daryolarning toshishi va suv toshqinlariga olib keldi, 69 kishi qurbon bo‘lgan, yana 45 kishi bedarak yo‘qolgan, ulardan uch nafari Iroq fuqarosi. Davom etayotgan qidiruv-qutqaruv operatsiyalaridan qurbonlar soni ortishi kuzatilmoqda.

Qayd etilishicha, musson yomg‘irlari hamda suv toshqinlari oqibatida 111 shahar va 310 qishloq jabr ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident

Baholaganlar

330

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing