Mirziyoyev Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Kirmon shahrida sodir bo‘lgan terakt munosabati bilan mavqedoshi Ibrohim Raisiyga maktub yo‘llab, Eron hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi

“Kirmon shahrida sodir bo‘lgan dahshatli terrorchilik harakati chog‘ida ko‘p sonli eronliklarning halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabar qalblarimizni qayg‘u va taassufga to‘ldirdi. Ushbu qayg‘uli damlarda Janobi Oliylariga hamda qardosh va do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman”, degan Mirziyoyev maktubda.

O‘zbekiston Prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolari va barcha yaqinlariga ta’ziya bildirgan hamda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilayotgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgandi. Mahalliy matbuotda terakt qurbonlari 100 dan oshgani xabar qilingandi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ko‘rsatkichni oldinroq ba’zi qurbonlar ikki martadan noto‘g‘ri hisoblangani bilan izohladi. Keyinchalik portlashlar sodir etgan ikki xudkush-terrorchidan biri Tojikiston fuqarosi bo‘lgani aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Eron Ibrohim Raisiy Kirmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing