Mirziyoyev Erdo‘g‘anning o‘rinbosarini mukofotladi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga borib, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga ushbu mamlakatning janubi-sharqiy muzofotlarida o‘tgan oyda ro‘y bergan vayronkor zilzilalar munosabati bilan shaxsan chuqur hamdardlik bildirgan. Jabr ko‘rgan muzofotlarni qayta tiklash va yangi infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. 

Turkiya Prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatgan birodarlik yordami, qutqaruv ishlaridagi faol ishtiroki va jabrlanganlarga insonparvarlik ko‘magi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirgan. 

Turkiy davlatlar tashkilotining 16 mart kuni o‘tadigan favqulodda sammiti tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birodarlik rishtalarining yorqin ifodasi bo‘lishiga ishonch bildirilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’ati mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, o‘tgan yili 370 ta yangi korxona tashkil etildi. Keyingi olti yilda Turkiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalari hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilgan.

Davlat rahbarlarining uchrashuvi har doimgidek ochiq, ishonchli va do‘stona muhitda o‘tgan.

Yakunda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat O‘qtoy O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing