Mirziyoyev Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 26 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar hamda qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan. O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari bugungi keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikdek yuksak darajaga ko‘tarilishida Prezident Erdo‘g‘anning shaxsiy hissasi alohida qayd etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning janubi-sharqiy muzofotlarida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalar munosabati bilan yana bir bor dalda so‘zlarini izhor etib, ularning oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Muloqot vaqtida Turkiya Prezidenti, o‘z navbatida, eng murakkab pallada ko‘rsatilgan ko‘mak uchun O‘zbekiston Prezidenti va qardosh xalqiga chuqur minnatdorlik bildirgan. 

Shuningdek, suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan. 2022 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.

Bo‘lajak uchrashuvlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing