Mirziyoyev Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
14 noyabr 2022
5855O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 13 noyabr kuni Istanbulning Beyo‘g‘li tumanida 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlash munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahri Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi Asadov bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an avvalroq voqeada terror izi borligini aytgan edi. Keyinroq respublika vitse-prezidenti Fuat O‘ktay portlovchi qurilmani ayol kishi ishga tushirganini aytdi.
LiveBarchasi