Mirziyoyev Erdo‘g‘an va Berdimuhamedovni “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotladi

Jamiyat

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotlandi. 

Bugun, 11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida yuqori martabali mehmonlarni taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda Turkman

iston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotladi. 

Qayd etish kerakki, ushbu mukofot 2019 yildan beri sammit ishtirokchilariga topshirib kelinadi. Bakuda o‘tkazilgan sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga ushbu ordenni topshirgan edi. 

2021 yilda esa Turkiya Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini ayni orden bilan mukofotlagan.

Shuningdek, marhum atoqli adib Chingiz Aytmatov Turk dunyosi birligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun Alisher Novoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10  noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing