Mirziyoyev “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etishni taklif qildi
Jamiyat
−
15 mart 2023
5455Kecha, 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgan uchrashuvda “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etishni taklif qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan mard insonlarni voyaga yetkazgan ota-onalari, farzandlari doimo ardoqda bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, ko‘krak nishoni ta’sis etishni taklif qilgan.
Bu nishon guvohnomasi Oliy Bosh qo‘mondon tomonidan imzolanadi. Ushbu e’tirof egalari barcha imtiyozlarga ega bo‘ladi.
“Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur”, dedi prezident.
Davlat rahbari Vatan ozodligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan o‘g‘lonlarimiz jasorati ham yosh avlod uchun ibrat ekani, ular haqida asarlar yaratish kerakligini aytgan.
“Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan xalq va davlatni hech qanday kuch yengolmaydi. Ilohim, qahramon o‘g‘lonlarimizning oxiratlari obod bo‘lsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin”, degan davlat rahbari so‘zining yakunida.
LiveBarchasi