Mirziyoyev dunyodagi siyosiy markazlar uyushtirayotgan bo‘hronlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Bugungi kunda dunyodagi ayrim siyosiy markazlar tomonidan ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilyapti, norozichidik avj oldirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Davlat rahbari yig‘ilishda globallashuv insoniyat uchun keng imkoniyatlar berishini, ammo tanganing ikki tarafi bo‘lganidek, uning ham o‘ziga yarasha salbiy jihatlari mavjudligini ta’kidladi.

“Hammamizga ayon bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda. Jahonda manfaatlar to‘nashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchaymoqda. Faqat o‘zini o‘ylash hudbinlik, hayotga, mehnatga, oilaga yengil qarash, olomonlik singari illatlar bugun turli yo‘llar orqali odamlar, ayniqsa, hali oq-qorani yaxshi anglay olmaydigan yoshlar ongiga g‘oyat ustamonlik bilan singdirilmoqda”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident so‘zida davom etib, dunyoning turli nuqtalarida tashqi kuchlar ta’sirida beqarorlik yuzaga keltirilayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi. Mavjud iqtisodiy inqiroz bunday fitnalarga yo‘l ochayotgani qo‘shimcha qilindi.

“Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiberjinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Dunyodagi ayrim siyosiy markazlar tomonidan ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilyapti, norozichidik avj oldirilyapti. Ayniqsa, bugun chuqurlashib borayotgan global iqtisodiy inqiroz turi fitnalar uchun yanada qulay sharoit yaratishi haqida hech qachon unutmasligimiz kerak. 

Shunday o‘ta tahlikali vaziyatda hammamiz yana bir marta takror-takror aytaman sezgir va ogoh bo‘lishimiz, avvalo xalqimizning tinchligi va milliy manfaatlarimizni o‘ylab yashashimiz zarur.

Asrlar davomida shakllangan chin insoniy qadriyatlarimiz o‘rnini buzg‘unchi g‘oyalar egallab olishiga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz zarur”, deya ta’kidladi Prezident Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

414

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing