Mirziyoyev Dubayga ham boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari Amirliklar poytaxtida Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashadi, shuningdek, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ishtirok etadi.

Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif kun tartibidan O‘zbekiston-BAA do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, investitsiyalar, “yashil” energetika, infratuzilma, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, innovatsion rivojlanish, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

“Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqiladi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan “Barqaror rivojlanish haftaligi – 2025” (Abu Dhabi Sustainability Week Summit) sammitida qatnashishi, u bilan birga Albaniya, Ozarbayjon, Finlyandiya, Italiya, Qozog‘iston, Keniya, Malayziya, Nigeriya, Ruanda, Seyshel orollari, Uganda davlat rahbarlari ham tadbirda ishtirok etishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing