Mirziyoyev Chustdagi voqeadan xabar topdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida bolalarning zaharlanishi holatidan xabar topdi va bundan qattiq tashvishda. Bu haqda Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

“Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda, ular tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi. Davlat rahbari bu boradagi vaziyat to‘g‘risida axborotni muntazam olib bormoqda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan”, deyiladi Asadovning bayonotida.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 sentyabr kuni Chust tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, uyiga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Namanganda sodir bo‘lgan voqea ortidan Sog‘liqni savlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning ko‘rsatmasi bilan Maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Chust

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing