Mirziyoyev Chexiya rahbari bilan ilk bor yuzma-yuz uchrashdi
Jamiyat
−
24 Sentabr 4544 1 daqiqa
Kecha, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Chexiya Prezidenti Petr Pavel bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilingan.
“Idoralararo aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Prezidenti Petr Pavel o‘rtasidagi ushbu uchrashuv birinchisi hisoblanadi. Bungacha Prezidentlar yuzma-yuz uchrashmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida AQSH rahbari Donald Tramp, Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Albaniya Prezidenti Bayram Begay hamda Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Live
Barchasi