Mirziyoyev byudjet pulini “shishirilgan” xarajatlar hisobiga sarflanishini tanqid qildi
Jamiyat
−
16 yanvar
8949Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida byudjet mablag‘lari sarflanishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash tizimiga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard so‘m 2 yildan beri ishlatilmasdan turibdi.
Fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga 51 turdagi subsidiyalar uchun so‘nggi ikki yilda 5,4 trillion so‘m ajratildi, lekin talablar murakkab bo‘lgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan.
"Iqtisod qilish – ish hajmini qisqartirish emas, loyihani to‘g‘ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak", deydi Prezident.
Bu borada loyiha institutlari faoliyati, yondashuvlari va mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish kerakligi qayd etilib, Vazirlar Mahkamasiga yetakchi davlat loyiha tashkilotlarini takomillashtirish bo‘yicha qaror kiritish topshirildi.
Prezident qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartirish lozimligini ham aytdi.