Mirziyoyev bugun nimalar qilishi aytildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida olib borilayotgan bundyokorlik va mahallalarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shuningdek, Prezident zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab internatiga tashrif buyuradi. “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident kecha yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made