Mirziyoyev bojxonachilar “kattasiga” maxsus unvon berdi
Jamiyat
−
18 noyabr 2021
17456Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Akmalxo‘ja Mavlonov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullagani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, davlat rahbarining farmoni bilan Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan. Unga “Bojxona xizmati general-mayori” maxsus unvoni berilgan.
Akmalxo‘ja Mavlonov bunga qadar Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot o‘rnida, Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi