Mirziyoyev BMT shafeligida yangi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi so‘zlamoqda. Unda davlat rahbari pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. 

O‘zbekiston rahbarining fikricha, koronavirus pandemiyasi insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatgan.  

“Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi. Shu yo‘lda barchamiz – hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik”, deydi Prezident Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari so‘zida davom etarkan, pandemiya davrida har bir davlatning fuqarolar va xalqaro hamkorlik oldida majburiyatini belgilovchi kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. 

“Maqsadimiz har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan  adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir. Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni talkif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing