Mirziyoyev bir haftada ikkinchi marta Putin bilan telefonda gaplashdi
Jamiyat
−
22 avgust 2022
7757Bugun, 22 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitiga tayyorgarlik ko‘rish haqida so‘z borgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni ham Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgandi.
LiveBarchasi