Mirziyoyev bilmaydigan, xohlamaydigan rahbarlar haqida gapirdi (video)
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
17059Kecha, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda Prezident tadbirkorlik sub’ektlariga imkoniyatlar yaratish haqida fikr bildirdi. “Har kuni izlanishdamiz, tadbirkorga qanday ko‘mak beraylik, tadbirkorga nima qilaylik? Tadbirkor emin-erkin, halol, pok, adolatli ishlasin. Hududlarda tadbirkorlik sohasida ishlatilmayotgan rezerv va imkoniyatlar hali juda ko‘p. Tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha yangi tizim qanday ishlanishi kerakligini joylarda ko‘pchilik rahbarlar hali yaxshi bilmaydi, xohlamaydi, o‘zini qiynamaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Bino turibdi tadbirkorlik sub’ekti viloyatda, tumanda, mahallada bironta qurilgan bino ishlamasdan turmasligi kerak. Mana bu islohot qanday bo‘ladi unga pul ketgan”, dedi Davlat rahbari.
“Kimniki bo‘lishidan qat’iyn nazar tadbirkornikimi, davlatnikimi soliq to‘lashi kerak, ishlashi kerak. Kelgusi yil odamlarning talabini qaysi sohadan agar mahalliy byudjetga pul tushmasa qanday qilib bajaramiz, talab yana ikki karra ko‘payadiku. Hammamiz tadbirkorga xizmat qilishimiz kerak bo‘lgan zamon keldi hozir. Shunda natija bo‘ladi dedi Prezident.
“Yil yakuniga qadar har bir tumanda ikki karra ko‘paytirish kerak o‘rta va kichik biznesning sonini, sharoitini, imkoniyatini, pul tushumini va hokazo...Shunda biz kelgusi yilga zamin yaratamiz”. dedi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi