Mirziyoyev bilan uchrashgan Tay To‘qayevning yoniga bordi

Olam

image

Kuni kecha O‘zbekistonda mehmon bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tay Toshkentga tashrifini yakunlab, Qozog‘istonga yo‘l oldi. U kecha, 14 iyun kuni Ostonada Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhokama qilingan. 

To‘qayev Tayning tashrifi Qozog‘iston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun, ayniqsa, muhim ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘ttiz yillikda mamlakatlar savdo, sarmoya, xavfsizlik, inson huquqlari va demokratiya kabi ko‘plab sohalarda strategik sheriklikni mustahkamlagan. 

Qozog‘iston Prezidenti, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarni Qozog‘iston iqtisodiyotining eng yirik sarmoyadorlaridan biri deb atagan. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning umumiy hajmi 65 milliard dollardan oshgan.

“O‘tgan yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 30 foizga o‘sishni ko‘rsatib, rekord darajadagi 4,1 milliard dollarga yetdi. Hozirda Qozog‘istonda 600 dan ortiq Amerika kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda”, deydi To‘qayev. 

Davlat rahbari investitsion jozibadorlikni oshirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va sanoatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishini urg‘ulagan.

AQSH Savdo vakili To‘qayevga savdo aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha yangi yondashuvlarni shaxsan muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu savdo va investitsiyalar bo‘yicha doiraviy bitimni amalga oshirishga ham tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Tay joriy yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Ketrin Tay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made