Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan uchrashdi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2019
3904Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga azo davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Ashxobodga yetib borgani haqida xabar bergan edik.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Suhbatda Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga samarali raislik qilgani bilan tabriklab, tashkilot sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.