Mirziyoyev Bakudagi sammitda insoniyatga xavf solayotgan tahdidlar haqida gapirdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Baku shahrida Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sammitda COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yengib o‘tish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari hamda pandemiyadan keyingi global tiklanish davrida barqaror rivojlanishning boshqa dolzarb muammolari muhokama qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida so‘nggi yillarda insoniyat pandemiyaga qarshi kurashish, iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va texnogen fojialarning oqibatlarini ham o‘z boshidan o‘tkazayotgani bilan bog‘liq tahdid va xatarlarni qayd etib o‘tgan.

“Bu muammolarning ko‘lami tobora kengayib, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun bir mintaqalarning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti uchun jiddiy xavf solmoqda”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston 2030 yilga qadar mo‘ljallangan Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish bo‘yicha Global platforma faoliyatini yanada kuchaytirish tarafdori ekani ta’kidlangan. 

Bu kabi favqulodda holatlar sabablarini chuqur o‘rganish hamda ofat oqibatlarini samarali bartaraf etish maqsadida Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakatining maxsus monitoring va ilmiy tadqiqot tarmog‘ini tashkil qilishni taklif etgan.


Maqola muallifi

Teglar

sammit Baku Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing