Mirziyoyev Arqadag‘ga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
09 aprel 2023
27288O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz – Ogulabat Berdimuhamedovaning olamdan o‘tgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qayg‘u va iztirobga soldi. Ogulabat edje o‘zining ibratli hayot yo‘li, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan elu yurtingizning ulkan mehru muhabbatiga sazovor bo‘lgan mo‘’tabar inson edi. Oilangiz uchun katta yo‘qotish bo‘lgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va do‘st Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor etamiz", deyiladi maktubda.
Shuningdek, davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham ta’ziya yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 aprel kuni Ogulabat Berdimuhamedova 86 yoshida olamdan o‘tdi. Berdimuhamedova 1937 yil 15 iyun kuni Turkmanistonning Ko‘ktepa viloyatidagi Babarap qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning olti farzandi bor edi.