Mirziyoyev “Arqadag‘”ni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev 66 yoshni qarshilagan Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

Shuningdek, Gurbangulining bugungi Turkmanistonni rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi alohida qayd etilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Qurbon hayiti bilan bir-birini tabriklagan. O‘zbekiston Prezidenti yangi “Arqadag‘”shahri rasman ochilgani munosabati bilan ham Gurbanguli Berdimuhamedovni qutlagan.

Telefon muloqoti chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida savdo, investitsiyalar, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Barcha darajalarda muloqotlar, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani ta’kidlangan. Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing