Mirziyoyev Andijondagi 55-maktabga tashrif buyurdi
Jamiyat
−
01 fevral 2023
8393Bugun, 1 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi 55-maktabga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bu yerda tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqda. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.
Davlat rahbari tashrif chog‘ida kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
“E’tibor bersangiz, kasb egallamay o‘qishni bitirganlar hayotda qiynaladi, ish topolmaydi. Kimning qo‘lida hunari bo‘lib, chet tilini bilsa, yo‘li ochiq. Sizlarda shunday imkoniyat bor. O‘zingizni qiynab, qunt bilan bilim oling, hunar o‘rganing. Qarorlar, sa’y-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zo‘r bo‘lsa. Investorlar ham kadrlarning bilim va malakasiga ishonib keladi. Mamlakatimizning eng katta boyligi – yoshlar”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Bo‘stondagi yangi to‘qimachilik korxonasi bilan tanishgan edi.
LiveBarchasi