Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga boradi
Jamiyat
−
10 noyabr
6011O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11-13 noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat rahbari ertaga, 11 noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
12-13 noyabr kunlari esa O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi