Mirziyoyev 26 yanvar kuni Qirg‘izistonga borishi kutilmoqda
Jamiyat
−
18 yanvar
5735O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26 yanvar kuni Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasiga tayanib “AkiPress” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi ikki davlat ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari rahbarlari sammitiga tashrifi bekor qilingandi. Ushbu sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etgandi. Bishkekka Mirziyoyevning o‘rniga Bosh vazir Abdulla Aripov borgandi.