Mirziyoyev hafta boshida Abu-Dabiga boradi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14-15 yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan “Barqaror rivojlanish haftaligi – 2025” (Abu Dhabi Sustainability Week Summit) sammitida ishtirok etadi. Bu haqda sammitning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Barqaror rivojlanishni jadallashtirish bo‘yicha ADSW sammitida ishtirok etayotgan jahon yetakchilari qatorida Albaniya, Ozarbayjon, Finlyandiya, Italiya, Qozog‘iston, Keniya, Malayziya, Nigeriya, Ruanda, Seyshel orollari, Uganda davlat rahbarlari ham ishtirok etadi.

BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon homiyligida bo‘lib o‘tadigan ushbu sammit biznes va texnologiya namoyondalari bilan bir qatorda 13 davlat rahbari va 140 dan ortiq vazir va hukumat amaldorlarini bir joyga yig‘adi.

Sammitda raqamli-iqlim aloqasi orqali global investitsiya modellarini qayta shakllantirish, kelajakni moliyalashtirish, katta ma’lumotlar bilan iqlim xavfini modellashtirish, energiyani saqlashdagi innovatsiyalar va o‘zgaruvchan xatti-harakatlarning to‘lqinli ta’siri kabi mavzular bo‘yicha yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Abu Dhabi Sustainability Week Summit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing