Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 noyabr kuni, xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, tuman hokimi Hamidulla Qurbonovich Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Jonibek Muzaffarovich Yariyev Mirzaobod tumani hokimi lavozimini egalladi.

Jonibek Yariyev 1981 yilda Tojikiston Respublikasi, So‘g‘d viloyatida tug‘ilgan, 2008 yilda Guliston davlat universiteti (sirtqi), 2011 yilda Toshkent moliya instituti (kunduzgi), 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U 2001-2015 yillarda moliya tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2015-2016 yillarda Sirdaryo viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori o‘rinbosari, 2016-2017 yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Jonibek Yariyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing