Mirzamatovning navbatdagi jangi chempionlik kamari uchun bo‘lishi mumkin

Sport

image

Yarimo‘rta vaznda qozog‘istonlik aralash yakkakurash ustasi Georgiy Kichigin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘zbekistonlik sportchi Shohasan Mirzamatovni chempionlik jangiga chorladi. 

Unga ko‘ra, mazkur jang avvalroq yarim o‘rta vazn toifasida Octagon ligasi chempioni Muhammad Muhammedov tomonidan vakant qoldirilgan kamar uchun kechadi.

“Liga bizga Shohasan bilan chempionlik jangini taklif qildi, chunki Muhammedov ketdi. Lekin Mirzamatov qochyapti va bu jangni qabul qilmayapti. Shunday muxlislar auditoriyasiga ega insonning haqiqiy qo‘rqoq ekani kulgili. Uning eronlik raqibini esa mening shogirtlarim ham yenga oladi. Agar Mirzamatov bo‘lmasa, menga istalgan jangchini bering, men shu kamarni qo‘lga kiritishni xohlayman”, deydi Kichigin

Ma’lumot uchun, Georgiy Kichigin so‘nggi bor 27 may kuni Octagon 45 musobaqasi doirasida braziliyalik Nilson Oliveyra bilan jang qilib, zafar quchgan edi. U faoliyati davomida ACA, ONE FC kabi ligalarda jang qilgan. MMA’dagi faoliyati davomida 38 marta oktagonga ko‘tarilib, 28 ta jangda g‘alaba qozongan hamda 10 ta bahsda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. 

O‘zbekiston vakili Shohasan Mirzamatov esa jami 12 ta jangda qatnashib, ularning 10 tasida qo‘li baland kelgan va 2 marta mag‘lubiyatga uchragan. U oxirgi jangini joriy yilning 22 iyul sanasida eronlik raqibi Azadi-Farga qarshi o‘tkazib, birinchi raundning o‘zida nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohasan Mirzamatovning zaxira jangchisi sifatida yoki UFC prezidentining Dana Whiteʼs Contender Series  promousheni orqali tashkilot bilan shartnoma imzolashi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohasan Mirzamatov Georgiy Kichigin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing