Chet elda jang qilib, qaytganimizdan keyin “chaqirishardi” – Shohasan Mirzamatov

Sport

image

Aralash yakkakurashchi Shohasan Mirzamatov O‘zbekistonda MMA taqiqlangan vaqtlarda katta qiyinchiliklarga uchragani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi. 

Unga ko‘ra, mazkur sportga qo‘yilgan taqiqlar sabab ko‘plab o‘zbekistonlik sportchilar chet davlatlarga chiqib, o‘sha mamlakat yoki klub sharafini himoya qilishga majbur bo‘lgan. 

“Hozir hammasi zo‘r. MMA O‘zbekistonning o‘zida ham ancha rivojlanib ketdi. Bu sportga endi qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratilgan. Biroq avvallari O‘zbekistonda bu sport ta’qiqlangan edi va shu sababdan bizga o‘xshaganlar chetga chiqib jang qilib kelar edi. Bularning barchasi juda qiyin kechgan. Hatto jang qilib qaytganimizdan keyin, “chaqirishardi”. Kim olib bordi, nimaga bording, kim javob beradi kabi savollar berilardi. Shu kabi holatlar O‘zbekistonda ham MMA assotsiatsiyasi ish boshlaguniga qadar davom etib keldi”, deydi Mirzamatov. 

Shuningdek, MMA ustasi hozirda ko‘plab xalqaro musobaqalarda yutuqqa erishayotgan sportchilarning hokimlar tomonidan doimiy taqdirlab kelinayotganiga ham alohida to‘xtaldi.

“Qaysidir sportchi yutib kelsa, darrov hokimlik tomonidan pul, uy yoki mashina bilan taqdirlanadi. Bu holatni ko‘pchilik salbiy baholamoqda, biroq bunday o‘ylash noto‘g‘ri, chunki shu yo‘l bilan ularda yangi g‘alabalarga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish mumkin”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohasan Mirzamatovning zaxira jangchisi sifatida yoki UFC prezidentining Dana Whiteʼs Contender Series promousheni orqali tashkilot bilan shartnoma imzolashi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Shohasan Mirzamatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing