Mirzahalilov ham g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Final bahslarida O‘zbekiston boks terma jamoasi yana bir oltin medalga ega bo‘ldi.

Turnirda -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mirazizbek Mirzahalilov kubalik Lazaro Alvares Estradani mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.

Bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining yana ikki nafar vakili jahon chempionatining oltin medali uchun ringga ko‘tariladi:

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) – Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston);

+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).

Avvalroq, oltin medal uchun kechadigan janglarni -52 kilogramm vazn toifasida boshlab bergan o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov hindistonlik Amitni mag‘lub qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mirazizbek Mirzaxalilov Lazaro Al'vares Estrada

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing