Mirazizbek Mirzaxalilov hakamlarning adolatsiz qaroridan norozilik bildidi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Mirazizbek Mirzaxalilov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi kechgan jang natijasidan noroziligini bildirdi.

AIBA boks oqshomi joriy yilning 28 sentyabr kuni Ozarbayjonning Baku shahrida Milliy Gimnastika arenasida bo‘lib o‘tdi.

Mirzaxalilov jang natijalaridan noroziligini bildirib, hakamlarning ishidan ranjiganini aytgan. U Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlyovdan revansh so‘ragan. Bokschi so‘zi davomida Kremlyovni boks borasida “adolatli rahbar” deb bilishini aytgan. Umar Kremlyov ham bokschining Instagram sahifasida jang tashkillashtirilishi haqida izoh yozib qoldirgan.

“Men ajoyib jang o‘tkazdim. Butun dunyodagi muxlislarim men g‘alaba qozonganimi bildirdi. Biroq hakamlar bir ovozdan Shumkovni g‘olib deb topdi. Men o‘yinni neytral hududda, boshqatdan o‘tkazilishin so‘rayman”, degan Mirzaxalilov.

Ma’lumot uchun, Mirazizbek Mirzaxalilov yengil vazn va ikkinchi vazn toifasida ishtirok etadi. U 2019 yilda jahon chempioni bo‘lgan. U, shuningdek, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempioni, havaskorlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi “Humo arena”da bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida Mirazizbek Mirzaxalilov xitoylik Runki Jou bilan jangda g‘alaba qozongandi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq va murosasiz kechdi, uning g‘olibi esa hakamlar qarori bilan aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Mirazizbek Mirzaxalilov Vsevolod Shumkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made