Kunduzi faralarini yoqmagani uchun jarimaga tortilganlar ishi nima bo‘ladi?

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4 iyun kuni qabul qilingan qaroriga muvofiq, “faralar” bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yildi.

Ya’ni qarorga ko‘ra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladigan bo‘ldi.

Xo‘p, bu yaxshi. Ammo qaror chiqqunga qadar jarima belgilangan haydovchilar nima qiladi? Ular jarimani to‘laydimi yoki yo‘q?, degan savol tug‘iladi. Bu savolga Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyev javob qaytardi.

“Aslida normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas. Lekin aynan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda bir qoida borki, ya’ni “huquqbuzarni ahvolini yengillashtiruvchi yoki ma’muriy javobgarlikni bekor qiluvchi normalar orqaga qaytish kuchiga ega”, degan talab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo‘lsak, agar ma’muriy harakat amalga oshirilgan, u sudda ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lishi yoki bayonnoma tuzilib jarima to‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda ushbu harakatlar hamma to‘xtatilib, bekor qilinishi kerak. Qisqacha aytganda jarima to‘lanmaydi. Ammo bu holatlar ma’muriy ravishda rasmiylashtirilishi kerak”, dedi Furqat Tojiyev.


Maqola muallifi

Teglar

jarima fara

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing