Mirzahalilov da’vogarlik jangida g‘alaba qozondi
Sport
−
17 fevral 2024 6431 1 daqiqa
Kecha, 16 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida boks bo‘yicha IBA Champions Night turniri o‘tkazildi. Turnirda o‘zbekistonlik bokschi Mirazizbek Mirzahalilov ham ishtirok etdi.
Yarim yengil vaznda meksikalik Luis Rodrigesga qarshi ringga ko‘tarilgan Mirzahalilov butun jang davomida ustunlikni o‘z tomonida saqlab turdi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alaba tufayli Mirzahalilov o‘z vazn toifasida IBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi. Meksikalik Luis Rodriges esa profringdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.
Shunday qilib 28 yoshli Mirzahalilov professional faoliyatidagi beshinchi g‘alabasini tantana qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr