Miroboddagi dahshatli avariya bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

photo_2024-02-08_17-18-04 (2)

Avvalroq, Toshkent shahar Mirobod tumanida uchta mashina ishtirokida dahshatli avariya ro‘y bergani haqida xabar bergan edik. Bu haqda YHXB axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 8 fevral kuni taxminan soat 15:45 larda Mirobod tumani Nukus–Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada 

  •  1979 yilda tug‘ilgan V.K. boshqaruvida bo‘lgan Kia rusumli avtomashina;
  •  1959 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina;
  •  Zeekr rusumli avtomashina (haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilmoqda) ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

"YTH oqibatida Kia, Matiz, haydovchilari va Zeekr rusumli avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga olib borilgan. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi ushbu xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Mirobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made