Mirobodda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasida bugun, 2 fevral kuni 2000 yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvida bo‘lgan “Labo” rusumli transport vositasi hamda 2003 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

“Hodisaning dastlabki sababi: “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga yega bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisiga yo‘l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.
Zarba natijasida “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1988 yilda tug‘ilgan A.K.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv oqibatida “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Mirobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing