Mirobod tumani aholisi ikki kunga ichimlik suvidan uziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Toshkent shahrining Mirobod tumani ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matubot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shaxar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan ham suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan 14 sentyabr soat 09:00 dan 15 sentyabr soat 13:00 gacha Mirobod tumanidagi ayrim iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi:

•    “Movarounnahr” mahalasida;

•    “Ming o‘rik” mahallasida;

•    “Salar” mahallasida;

•    Shimoliy vokzal hududida;

•    Temir yo‘l prokuraturasi binosida;

•    Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida;

•    Amir Temur ko‘chasidagi 29, 30, 43-sonli ko‘p qavatli uylarda;

•    Turkiston ko‘chasidagi 8, 10, 33, 35, 64-sonli ko‘p qavatli uylarda;

•    Said Baraka ko‘chasidagi 1, 18-sonli ko‘p qavtli uylarda;

•    Sodiq Azimov ko‘chasidagi 5, 89, 89/1-sonli  uylarda.


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing