Toshkentda jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 sentyabr kuni kechgi vaqtda Shayxontoxur tumanidagi “Charx Novza” mahallasida uch nafar shaxslari aniqlanmagan kimsalar to‘rt qavatli turar-joyning ikkinchi qavatidagi xonadondan ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor-tergov ishlari davomida jinoyatga aloqador kimsalarning shaxslarini aniqlangan. Ular avtomobil raqamlarini o‘zgartirganliklariga, niqob va qo‘lqoplar kiyganlariga qaramasdan qo‘lga olingan. Barchalari – muqaddam sudlangan shaxslar, to‘rt nafari esa bir necha bor jinoyatga tortilganlar qatoridan. Qo‘lga olingan jinoyatchilar:

Yashnobod tumanida yashovchi 29 yoshli Anvar X.,

 

Shayxontoxur tumanida yashovchi 54 yoshli Mirxomid A.,

Uchtepa tumanida yashovchi 44 yoshli Botir M.,

Olmazor tumanida yashovchi 39 yoshli Najmitdin Z.

Ashyoviy dalillar sifatida qo‘lga olingan shaxslardan pullarning bir qismi, niqoblar va qo‘lqoplar olindi.

Ushbu fakt asosida qo‘zg‘atilgan jinoiy ishning, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismining (“Bosqinchilik”) sanksiyasida 20 (yigirma) yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan

Jinoyatning ikki nafar ishtirokchilari qochishga ulgurishgan. Ichki ishlar organi xodimlari bu shaxslar qachon Qozog‘iston Respublikasi chegarasidan o‘tganliklari haqida ma’lumotga ega hamda yaqin va uzoq davlatlar xodimlari orasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Shu sababli gumonlanuvchi:

Shayxontoxur tumani, Ibn-Sino-1 massivida yashovchi 48 yoshli Urunbayev Murod Abduraxmanovich,

Yashnobod tumani, Musaffo ko‘chasida yashovchi ,53 yoshli Mavlonov Baxtiyor Matyoqub o‘g‘lining qo‘lga olinishi – vaqt masalasidir

“Urunbayev M. va Mavlonov B.ning qidiruviga yordam beradigan ma’lumotlarni yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga, 102,  71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlariga xabar qilishingizni so‘raymiz. Jinoyatga aloqador shaxslarni qo‘lga olishda faol qatnashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jinoyat o'g'rilik

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing