“Mirobod” dehqon bozori vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
11 aprel 2020
12000Bugun, 11 aprel kuni Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozori vaqtincha yopildi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi ma’lum qildi.
“Koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish va profilaktika ishlarini rejaga asosan amalga oshirish maqsadida, bugun “Mirobod” dehqon bozorida dezinfeksiya ishlarini to‘liq o‘tkazish uchun bir kunga yopilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi Mirobod tumani hokimligi xabarida.
Mazkur dehqon bozori xaridorlar uchun 12 aprel kunidan faoliyatini davom ettiradi.
Shuningdek, tuman hokimligining ma’lum qilishicha, karantin vaqtida tuman aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, Mirobod tumanidagi mavjud barcha mahallalarida arzonlashtirilgan narhlarda keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘chma savdo shahobchalari tashkil etilmoqda.
Xususan, 11 aprel kuni qo‘yidagi:
• “Qorasuv” MFY;
• “At-Termiziy” MFY;
• “Farovon” MFY;
• “Temiryo‘lchilar” va “Yuksalish” MFYlarida ko‘chma savdo yarmarkalari bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi