Toshkentda namanganlik 25 yoshli yigit metro relsiga yiqilib tushdi
Jamiyat
−
27 iyun 2019
5427Kecha, 26 iyun kuni taxminan soat 17:00da Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston” bekatida 25 yoshli yigit metro relsiga yiqilib tushgan.
Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining xabar berishicha, u Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 1994 yilda tug‘ilgan X. M. bo‘lgan.
Xabarda yiqilish fuqaro o‘zini nohush sezganligi oqibatida sodir bo‘lgani qayd etilgan. Yiqilish natijasida u jiddiy bo‘lmagan jarohat olgan. Hozirda uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda.
“Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi