Minskda Putin, Lukashenko va Rahmonning norasmiy uchrashuvi Mirziyoyev sovg‘a qilgan shiyponda o‘tkazildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi. 

“Tass” nashrining xabar berishicha, keyinchalik uchrashuvga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ham kelib qo‘shilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari Dimitriy Peskov ma’lum qildi.

Jurnalist Dmitriy Smirnov o‘ziga xos uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan shiypon mezbonlik qilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, ayni damda Belarus poytaxi Minsk shahri II Yevropa o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. Prezidentlar ushbu nufuzli musobaqaning yopilish marosimida qatnashishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Imomali Rahmon Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing