Mino Rayolaning o‘lgani rad etildi

Sport

image

Taniqli futbol agenti Mino Rayolaning o‘limi haqidagi xabarlar rad etildi.

Avvalroq, asli italiyalik 54 yoshli agent og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgani xabar qilingandi.

2015 yildan beri Rayola bilan birga bo‘lgan sobiq ispaniyalik futbolchi Xose Fortes Rodriges ko‘ra, mutaxassis og‘ir kasal, lekin o‘lmagan.

Minoning o‘limini “Associated Press” muxbiri Daniyella Matar ham rad etdi.

“Rayolaning agentligi menga bularning barchasi yolg‘on, Rayola o‘lmagan deb aytdi”, degan Matar.

BBC Sport muxbiri Saymon Stoun Rayolaning o‘limi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri ekanini, u betobligini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Erling Xoland, Janluiji Donnarumma, Matteys de Ligt, Marko Verratti, Genrix Mxitaryan va boshqa ko‘plab futbolchilar Rayolaning mijozlaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Mino Rayola

Baholaganlar

8

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing