Ishtaha ovqat payti keladi yohud “Real” Xolandni ham qo‘lga kiritmoqchi

Sport

image

“Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xoland “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Qirollik klubi” 21 yoshli norvegiyalik futbolchi jamoasini tark etsa, asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. Uning shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi va uning tovn puli 75 million yevro qilib belgilangan.

Futbolchi o‘z atrofidagilarga Madridga ko‘chib o‘tish eng optimal variant ekanini ta’kidlagan bo‘lsa-da, biroq kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmagan. Xolandning agenti Mino Rayola mijozining Ispaniyada uyi borligini malum qilgan. Lekin uning “qaymoqranglilar” safiga o‘tishi ko‘p jihatdan Kilian Mbappening transferiga bog‘liq bo‘ladi.

Erlingning xizmatlariga “Manchesiyer Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirgan.

Ma’lumot uchun, Erling Xoland joriy mavsumda Germaniya Bundesligasining 6 ta uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Erling Xoland “Liverpul'” “Manchester Yunayted” Mino Rayola “Manchesier Siti” “Chelsi”

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing