Minnixonov yana Navoiyga keldi
Jamiyat
−
19 dekabr
16268Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixonov kecha, 18 dekabr kuni Navoiy viloyatiga keldi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.
Tatariston rahbarini Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov kutib oldi. U Minnixonov bilan birga Navoiy Erkin iqtisodiy zonasidagi Sanoatni rivojlantirish kompleksida bo‘ldi. Minnixonov Tatariston bilan hamkorlikda bu yerda qad rostlayotgan maxsus sanoat parkida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Unga sanoat parkida tashkil etilayotgan loyihalar taqdimoti qilindi.
Shuningdek, Tatariston raisi boshchiligidagi delegatsiya bilan ikki hudud o‘rtasidagi savdo iqtisodiy va investitsion masalalar atroflicha muhokama etilib, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Rustam Minnixonovning Navoiy viloyatiga tashrifi shu nuqtada yakuniga yetdi, u Navoiy xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida ham Minnixonov Navoiy viloyatiga kelgandi. O‘shanda uni viloyat hokimi Normat Tursunovdan tashqari O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari kutib olgandi.