Minnatdorman, Qosim-Jomart To‘qayevich! – Pashinyan yana “qovun tushirdi” (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 may kuni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) oliy kengashining videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Ushbu yig‘ilishga Qozog‘iston mezbonlik qildi. Unda so‘zga chiqqan Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan nutq so‘zlash navbatini taqdim qilgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Kemelevich To‘qayevga minnatdorlik bildirish vaqtida chalkashib ketdi.

“Endi so‘z Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Vovayevich Pashinyanga beriladi. Marhamat Nikol Vovayevich, so‘z sizga!”, deya Qozog‘iston Prezidenti nutq so‘zlash navbatini Armaniston rahbariga berdi.

Pashinyan esa Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Kemelevichni “Qosim-Jomart To‘qayevich”, deb adashtirib yubordi.

“Minnatdorman, Qosim-Jomart To‘qayevich! Hurmatli davlat rahbarlari va yig‘ilish ishtirokchilari...”, deya Pashinyan adashib ketganini o‘zi ham sezmay nutqida davom etdi. 

Ism sharifi xato aytilganini sezgan mezbon davlat rahbari diplomatik etikani saqlagan holda, shunchaki miyig‘ida kulib qo‘ydi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan aprel oyi Pashinyan mamlakat parlamenti yig‘ilishida so‘zga chiqib, Vladimir Putinni Fransiya Prezidenti deb adashtirgandi.

Bundan holatlar avval ham kuzatilgan. Jumladan, joriy yilning 9 may kuni G‘alaba paradi translyatsiyasi paytida Rossiyaning “Birinchi kanali” boshlovchisi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning ismini aytayotganda adashib ketib, uni Emmanuel, deb yuborgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonning sobiq rahbari Sooronbay Sharipovich Jeenbekovni Shariman, deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

747

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing