Minglab uysizlar Parijdan ko‘chirilmoqda
Sport
−
05 iyun
64832024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida Parij va uning atrofidan 12 mingdan ortiq boshpanasizlar chiqarib yuborildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parijdagi chodirli shaharchalarni ko‘chirish bo‘yicha faol jarayon 2023 yil bahorida boshlangan. O‘shandan beri rasmiylar 12 545 kishini majburan ko‘chirdi.
Uysizlarni ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya boshpanasizlar muammosini hal qilish uchun kamida 20 ming uy zarurligini bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Parij shahrida 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Bu tarixdagi XXXIII yozgi Olimpiada hisoblanadi.