Mingdan ortiq Rossiya va Belarus fuqarolari Litvada milliy xavfsizlikka tahdid deb topildi
Olam
−
04 avgust 2023
4935Litva rasmiylariga yashash uchun ruxsat yoki milliy viza so‘rab murojaat qilgan Rossiya va Belarusning 1000 dan ortiq fuqarolari milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar sifatida rad etildi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi migratsiya departamenti ma’lum qildi.
“2022 yil oxirida Rossiya va Belarus fuqarolari uchun joriy etilgan Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘rovnomalarini umumlashtirgandan so‘ng, shuningdek, mas’ul tuzilmalarning oshkor etilmagan ma’lumotlarini inobatga olgan holda, ushbu davlatlarning 1164 nafar fuqarosi milliy xavfsizlikka tahdid deb topildi”, deyiladi hisobotda.
Departament Rossiya Federatsiyasining 254 nafar fuqarosini hisoblab chiqqan. Ulardan 43 nafariga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berilmagan, 46 nafar ariza beruvchiga ushbu hujjatni uzaytirish rad etilgan, 59 nafariga esa bekor qilingan. 52 nafar rossiyalik mamlakatda doimiy yashash huquqidan mahrum etilib, 52 holatda Rossiya fuqarolari Litva milliy vizasiga nomunosib deb topilgan.
Departamentning hisob-kitoblariga ko‘ra, Belarusning 910 nafar fuqarosi ham milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda. Ulardan 337 nafariga vaqtinchalik yashash uchun ruxsat berilmagan. 121 kishiga ushbu hujjatni uzaytirish rad etilgan, 205 kishining vizasi esa bekor qilingan. Shuningdek, 241 holatda Belarus fuqarolariga Litva milliy vizasi taqdim etilmagan.
2022 yil oxirida Litva Rossiya Federatsiyasi va Belarus fuqarolari uchun maxsus so‘rovnomani ishlab chiqdi va joriy qildi. Unda Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat haqidagi savollar mavjud. Anketani to‘ldirish majburiyati 18 yoshdan oshgan Rossiya va Belarusning barcha fuqarolariga tegishli.
Anketada ta’lim, oldingi ish joyi, qurolli kuchlardagi xizmat, ishbilarmon doiralardagi aloqalar, NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarning hukumat organlari bilan aloqalari haqidagi savollarga javob berish kerak. Anketani to‘ldirishdan bosh tortgan yoki barcha savollarga javob bermagan shaxslarning so‘rovlari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
LiveBarchasi