“Milton” to‘foni AQSHga kirib bordi
Olam
−
10 Oktabr
9180“Milton” to‘foni Qo‘shma Shtatlarning Florida shtati g‘arbiy qirg‘oqlariga yetib bordi. Bu haqda AQSH Milliy to‘fon markazi xabar berdi.
Dovulga uchinchi qiyinchilik toifasi berildi. SNN shamol tezligi soatiga 200 km dan oshishini yozmoqda. Poweroutage.us monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Florida bo‘ylab 1,1 milliondan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan.
“Dovul Florida joylashgan Meksika ko‘rfazining katta qismiga kuchli bo‘ron keltirdi. Tampa, Sankt-Peterburg, Sarasota va Fort Mayers shaharlarida suv toshqini haqida ogohlantirish berilmoqda”, deb yozgan “ABC News”.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Florida shtatidagi Sent-Lyusiya okrugi sherifi sonini aytmagan holda bir nechta o‘lim holatlari haqida xabar bergan. “ABC News”ning yozishicha, Marin okrugida bo‘ron Port Salernoga katta zarar yetkazgan. Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, o‘nlab uylar zarar ko‘rgan.
“Milton” dovuli 2005 yildan beri Meksika ko‘rfazida sodir bo‘lgan eng yirik dovuldir. AQSH Federal favqulodda vaziyatlar agentligiga ko‘ra, majburiy yoki tavsiya qilingan evakuatsiya haqidagi xabarlar 5,5 milliondan ortiq kishiga yuborilgan. Bu esa Florida tarixidagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni “Milton” AQSH Milliy to‘fonlarni kuzatish markazi (NHC) tomonidan beshinchi shkaladagi to‘fonga aylangani tasdiqlangan. NHC ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon soatiga 14,5 km tezlikda harakatlanib, shamol tezligi soatiga 287 kilometrgacha yetmoqda. Florida tomon to‘fon yaqinlashishi fonida 1,5 mingdan ortiq aviaqatnovlar bekor qilingan. “Milton” haqidagi ogohlantirishlar shtatda 277 kishining hayotiga zomin bo‘lgan “Helen” to‘fonidan bir hafta o‘tib e’lon qilinmoqda.
LiveBarchasi
06 noyabr