“Milliy tiklanish” partiyasi Prezidentlik uchun nomzodini e’lon qildi
Jamiyat
−
06 avgust 2021
10527Bugun, 6 avgust kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari VII Plenumi boshlandi. Bu haqda partiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Plenumni partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov ochib, “Milliy tiklanish” bo‘lajak saylovda munosib ishtirok etishi uchun bor imkoniyatdan foydalanishini ta’kidlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 2021 yilgi prezidenlik sayloviga “Milliy tiklanish” partiyasidan Alisher Qodirov nomzodi ko‘rsatilgan.
A.Qodirov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Turkiyaning Egey universitetini, 2009 yilda Toshkent Moliya institutini, 2011 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Ko‘p yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat mulk qo‘mitasi tizimlarida turli lavozimlarda, shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazining rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan. 2015 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
U rus, ingliz va turk tillarini biladi. To‘rt nafar farzandning otasi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Ekologik partiyadan Oblomurodov Narzullo Naimovich, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov 2021 yilgi prezidenlik sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi