Milliy terma jamoalar tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 Sentabr
3955AQSH bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tarixdagi eng ko‘p maosh oladigan terma jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mutaxassis terma jamoa bilan ikki yil muddatga yillik 6 million yevro maoshlik shartnoma imzolagan. AQSH terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida mezbon mamlakat jamoasi sifatida saralashda ishtirok etmaydi.
Argentinalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Londonning “Chelsi” klubi bo‘lib, u “aristokratlar” postida 2023 yilning yozidan 2024 yilning mayigacha ishlagan. Bu davrda uning qo‘l ostida «ko‘klar» barcha musobaqalarda 51 uchrashuv o‘tkazib, 27 marta g‘alaba qozondi, 10 marta durang o‘ynadi va 14 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Pochettino o‘zining professional murabbiylik faoliyati davomida hech qachon terma jamoada ishlamagan, Maurisio Ispaniyaning “Espanol”, Angliyaning “Sautgempton” va “Tottenxem”, shuningdek, Fransiyaning PSJ klublarini boshqargan.